Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda mehmonga kelgan kuyov janjal sabab qaynatasi va uning ukasini pichoqladi
11.03.2021 09:14,  
1426

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida 8 mart kuni mehmonga kelgan kuyov janjal sabab qaynatasi va uning ukasini pichoqladi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 8 mart kuni Kattaqo‘rg‘on shahri Oq oltin mahallasida yashovchi Q.B. qaynatasinikiga mehmonga borib, mast bo‘lib qolgan. Shundan so‘ng o‘zaro janjal kelib chiqqan. Janjal davomida u qaynatasi va uning ukasiga oshxona pichog‘i bilan hujum qilib, tan jarohati yetkazgan.

Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, viloyat prokurori, viloyat IIB boshlig‘i, Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi va boshqa mutasaddilar, jinoyat sodir etgan fuqaro hamda mahalla faollari ishtirokida ushbu jinoyatning muhokamasi o‘tkazilgan. Unda mast qiluvchi ichimliklarning zarari, jinoyatning kelib chiqish sabablari muhokama qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан