Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda o‘zaro kelishmovchilik oqibatida opasini pichoqlab qo‘ygan singilga sud hukmi o‘qildi
20.05.2021 23:58,  
239

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida o‘zaro kelishmovchilik oqibatida opasini pichoqlab qo‘ygan singilga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 19 yanvar kuni soat 18:30 larda o‘zaro tortishib qolgan opa-singil bir-birini fohishalikda, yengiltabiatlikda ayblagan. Bu vaqtda ayollarning ikkisi ham spirtli ichimlik ta’sirida — mast bo‘lgan.

Janjal oqibatida singil opasini pichoqlab, o‘ldirgan.

«Opam har doim ichgani, onamni haqorat qilgani uchun o‘rtamizda mojaro yuz berdi. Jahl ustida pichoq urdim, aybimga iqrorman, qilgan ishimdan pushaymonman», — deydi ayblanuvchi.

Sudlanuvchiga Jinoyat kodeksining 97-modda (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi «b» bandi bilan 57-moddasini qo‘llab, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан