Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda ota 6 yoshli farzandini o‘ldirdi
4.02.2021 22:47,  
1597

Samarqandda ota 6 yoshli farzandini bo‘g‘ib o‘ldirdi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalida xabar qilindi.

Xabarga ko‘ra, sudlanuvchi R.D. turmush o‘rtog‘i (da’vogar) bilan urishib kolgach, ayol onasinikiga ketgan. Vaqt o‘tib katta o‘g‘lini ham olib ketgan. Da’vogar tomon bir necha marotaba o‘g‘lini qaytarishni so‘ragan, sudlanuvchi o‘g‘lini yashirib boshqa yerda yashab yurgan.

Ta’kidlanishicha, voqea sodir bo‘lgan kuni oilani yarashtirish uchun mahalla faollari kelishi kerak bo‘lgan, lekin ular kelmagan. Shu payt ota farzandi hamda o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lib, birinchi 6 yoshli Dostonni bo‘g‘ib o‘ldirgan, ammo o‘zi tirik qolgan.

Sud R.D. ni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi V bandi (aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni qasddan o‘ldirish) bilan aybli deb topgan va 17 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан