Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda portlash yuz berdi: jarohatlanganlar ko‘p
19.12.2021 16:50,  
1115

2021 yil 19 dekabr kuni soat 14:20da Oqdaryo tumani “Navro‘z” MFY A.Temur ko‘chasida joylashgan "Lazzat" oshxonasida chaqnash sodir bo‘lgan (voqea joyida 2 ta propan gaz balloni bo‘lgan).

Chaqnash natijasida oshxonaning taxminan 40 kv.m. maydonida shift qismi va jihozlar yongan.

Birlamchi ma’lumotga ko‘ra, 10 nafar fuqaro tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga olib borilgan.

Yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:23da hodisa joyiga yetib borib, 14:29da yong‘in qurshab olingan va soat
14:54da o‘chirilgan.

Voqea joyiga viloyat hamda tuman FV bo‘limi rahbar xodimlari, IIB, Prokuratura, Tibbiyot, Gaz xizmatlari xodimlari va 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.

Sodir bo‘lgan holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda ham portlash sodir bo‘lgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан