Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda «Qizil kitob»ga kiritilgan kiyik bog‘ direktori tomonidan otib o‘ldirilgani aytilmoqda
18.02.2021 09:15,  
261

Zarafshon davlat milliy bog‘i hududida «Qizil kitob»ga kiritilgan noyob kiyik turi otib o‘ldirildi. Ana shu hududga yaqin yerda yashovchi fuqaroning murojaatiga ko‘ra, ushbu kiyik begonalar tomonidan emas, aynan milliy bog‘ direktori tomonidan ovlangan. Shuningdek, unga do‘stlari va xodimlari hamrohlik qilgan, deya xabar berdi «Daryo».

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmatining aniqlik kiritishicha, 2021 yilning 8 fevral kuni Zarafshon milliy tabiat bog‘i atrofida, milliy tabiat bog‘ining 1-bo‘limidagi Buxoro xonguli saqlanadigan joyning orqa tomonidan o‘q ovozi eshitilgan.

Bog‘ atrofida istiqomat qiluvchi fuqaro J.D.ning bergan ma’lumotiga ko‘ra, u ovoz kelgan tomonga yaqinlashib borgan va bog‘ rahbari, uchastka nozirlari hamda haydovchi bir dona bug‘uni mashinaga ortayotganini ko‘rgan. Shundan so‘ng ular bug‘uni daryo yoqasiga olib chiqib, uning terisini shilgan va go‘shtini olib, terisini tashlab ketgan.

Voqeaga guvoh bo‘lgan J.D. qo‘l telefoni orqali teri va qon izlarini tasvirga olib, ashyoviy dalillarni uyiga olib ketgan.

2021 yilning 10 fevral kuni dalillarni Jomboy tuman prokuraturasiga olib borgan. Tuman prokuraturasi tegishli tashkilot va organlar hamkorligida tezkor guruh tuzib, holatni o‘rganish ishlarini boshlagan. Prokuratura tomonidan 11 fevral kuni milliy tabiat bog‘iga tegishli bo‘lgan «Niva» mashinasi ashyoviy dalil uchun olib kelingan va tekshiruvdan o‘tkazish ishlari olib borilgan.

Samarqand viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, ayni paytda mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda tergovgacha surishtiruv, o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан