Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda to‘xtab qolgan tramvayni yo‘lovchilar itarib ketmoqda (video)
23.05.2021 17:23,  
143

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda yo‘lovchilar tramvayni itarib ketayotgani aks etgan videolar tarqaldi.

Unda bir necha yigitlar shahar qatnov qismidagi tramvayni itarayotganini ko‘rish mumkin. Voqea qachon yuz bergani va bunga nima sabab bo‘lgani noma’lum. Aftidan, tramvay harakatlanayotgan hududda elektr energiyasi o‘chgan.

Holat yuzasidan hozircha rasmiy ma’lumot berilmadi.

Qayd etish joizki, bu Samarqandda tramvay bilan yuz berayotgan birinchi hodisa emas. 2020 yilning fevralida Samarqand shahrida harakatlanayotgan tramvay yo‘lidan chiqib ketgandi. Undan bir necha yil avval Samarqandda ikki tramvay to‘qnashgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан