Samarqandda tug‘ilgan siam egizaklari vafot etdi

Samarqandda tug‘ilgan siam egizaklari vafot etdi

Avvalroq, Samarqand viloyatida ikki boshli chaqaloq dunyoga kelganligi haqida xabar berilgan edi.

Sog‘likni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, shu yilning 25 iyunida fuqaro M.Ch. homilaning 38 haftaligi bilan viloyat Perinatal markaziga murojaat qilgan hamda 27 iyun, shanba kuni undan siam egizaklari dunyoga kelgan.

Chaqaloqlarda nafas va yurak yetishmovchiligi borligi, ularga doimiy namlangan va ilitilgan kislorod bilan nafas olishi hamda tajribali mutaxassislar nazoratida bo‘lishi zarurligi sababli egizaklar joriy yilning 29 iyun kuni Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga o‘tkazilgan edi.

Bugun, 6 iyul kuni viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor reanimatsion muolajalarga qaramasdan, chaqaloqlarda ko‘p sonli tug‘ma rivojlanish nuqsonlar borligi sababli dastlab soat 7:50 da siam egizaklarining birinchisi, 10:50 da esa ikkinchisi nafas va yurak yetishmovchiligi tufayli vafot etdi, deb xabar beradi Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Axborot xizmati.