Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda Turkiya Bosh konsulxonasi ochiladi
19.08.2020 15:04,  
131

«O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (494-son, 18.08.2020 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi hamda Turkiya bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tuzildi.

Muvofiqlashtiruvchi kengash, jumladan, chora-tadbirlar dasturining bajarilishini tahlil qiladi hamda undagi tadbirlar va loyihalarning ijrosida amaliy yordam ko‘rsatadi.

Qarorga ko‘ra, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha Turkiya Hukumatining texnik ko‘magi kengaytiriladi va yetakchi turk ekspertlari jalb qilinadi:

- sog‘liqni saqlash infratuzilmasi ob’yektlarini boshqarish sohasidagi salohiyatini oshirish;

- seysmologiya sohasidagi institutsional va normativ-huquqiy bazani mustahkamlash, zamonaviy xalqaro standartlarni joriy etish;

- yo‘llar va yo‘l bo‘yi infratuzilmasini qurish hamda ulardan samarali foydalanish sohasida xalqaro standartlarni joriy etishga ko‘maklashish;

- «elektron hukumat» sohasida Turkiyaning eng yaxshi yechimlari va texnologiyalarini joriy etish.

2020 yil yakuniga qadar Samarqand shahrida Turkiya Respublikasining Bosh konsulxonasi ochiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан