Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda uch kishi hech bir sababsiz pichoqlangan. Gumonlanuvchi qo‘lga olindi
8.09.2019 13:51,  
29

Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati Oqdaryo tumanida uch kishining pichoqlanishi holati yuzasidan axborot berdi. Unda ta’kidlanishicha, gumonlanuvchi A.B. jabrlanuvchilarni hech bir sababsiz pichoqlagan.

«6 sentyabr kuni soat taxminan 18:00 da Oqdaryo tumanida fuqaro A.B. spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda tuman «Agrobank» binosiga kelib, hech bir sababsiz janjal chiqarib, yonida bo‘lgan yig‘ma pichoq bilan bank xodimlari N.Sh., U.H. va Qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimi R.J.ni urib, tan jarohati yetkazgan vaqtda binoda xizmat olib borayotgan tuman IIB xodimlari tomonidan ushlanib, undan bir dona yig‘ma pichoq daliliy ashyo sifatida olingan», — deyiladi Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati axborotida.

Holat yuzasidan Oqdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.B.ga nisbatan 6 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan (ushbu modda bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxslar 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi).

Tan jarohati olgan uch nafar fuqarolarga nisbatan shu kuni sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. A.B. esa 7 sentyabr kuni gumon qilinuvchi tariasida Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан