Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda xotini va qaynonasini urib o‘ldirgan erkak 24,5 yilga qamaldi
12.11.2021 16:11,  
329

Samarqand viloyatida xotini va qaynonasini o‘ldirgan erkakka sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar berdi. 

Joriy yilning 18 iyul kuni soat 23:00 larda Pastarg‘om tumani Chandir qishlog‘ida yashovchi O. spirtli ichimlik va giyohvand modda ta’sirida arazlab, ota uyiga ketib qolgan ayolining oldiga borgan.

U yerda oldindan kelishmay yurgan qaynonasi va xotini bilan janjallashib, ularni qo‘l va oyoqlari bilan shavqatsizlarcha kaltaklagan.

Bunga guvoh bo‘lgan turmush o‘rtog‘ining ukasini ham do‘pposlagan. Badanning turli joylariga berilgan zarbalar oqibatida turmush o‘rtog‘i va qaynonasi vafot etgan.

“Xotinimni olib ketish uchun borgandim. Qaynonam bilan qaynukam olib ketmaysan deb, menga tashlanib qolishdi. Men shok holatga tushib, ularga qo‘l ko‘tarib qo‘ydim”, - deydi sudlanuvchi sud zalida.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi O. JKning 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) tartibida 24 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан