Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda xotinini o‘ldirib, uyini yoqib yuborgan erkakka sud hukmi o‘qildi
13.01.2021 14:01,  
413

Samarqand shahrida uy-joy masalasida o‘zaro kelib chiqqan nizoli vaziyat sabab xotinini qasddan o‘ldirgan va o‘ziga ham tan jarohati yetkazib, uyini yoqib yuborgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida unga nisbatan hukm o‘qildi.

Xabarga ko‘ra, sudlanuvchi 2001 yilda ham ayolini o‘ldirishga uringan. Unga nisbatan 2001 yilda Jinoyat kodeksining 97-moddasi asosan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Biroq o‘shanda ayoli da’vosi yo‘qligini bildirib, suddan yengillik so‘ragani sabab jazo yengillashtirilib, 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Shundan so‘ng u amnistiya bilan ozod qilingan.

Ma’lum qilinishicha, 53 yoshli erkak sartaroshlik bilan shug‘ullanadi. Marhum ayoli esa tikuvchilik bilan shug‘ullangan. Tergov va surishtiruv natijasida ular orasida uy-joy masalasida kelishmovchiliklar bo‘lib turgani aniqlangan.

Sudlanuvchi sudga bergan ko‘rsatmasida ayoli uni oila boshi sifatida umuman hurmat qilmaganini, ukasi va singillariga yordam qilgani turmush o‘rtog‘iga yoqmagani va bu tez-tez oilaviy kelishmovchiliklarga sabab bo‘lganini aytgan. Bundat tashqari u o‘z aybiga iqror bo‘lgan.U Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi va unga ushbu modda bilan 18 yildan ozodlik mahrum etish jazosi belgilandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан