Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda XTB xodimi pora bilan ushlandi
19.11.2021 20:19,  
270

Joriy yilning 16 noyabr kuni Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda prokuratura va prokuratura huzuridagi departament xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. 

Tadbir davomida viloyatdagi tumanlarning birida xalq ta’limi bo‘limi mudiri o‘rinbosari lavozimida ishlovchi fuqaro R.T. xizmat mavqeidan foydalanib mahalliy fuqarodan tuman maktablarining biriga o‘qituvchilikka ishga qo‘yishini va’da qilgan. So‘ngra undan 300 AQSh dollari miqdordagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda holat bo‘yicha fuqaro R.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан