Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






​​Samarqandda Yangi yil archasi uchun tabiiy archalarni kesganlar jarimaga tortildi
20.12.2021 07:57,  
60

Samarqand shahri Alisher Navoiy ko‘chasiga o‘rnatilayotgan Yangi yil archasi sog‘lom tabiiy archalardan kesib olib ko‘tarilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Alisher Navoiy ko‘chasida Yangi yil archasini tayyorlash davomida Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan shu atrofdagi Eldor navli qarag‘ayning yon shoxlarini kesib olgani aniqlangan.

Holat yuzasidan boshqarma mas’ul xodimlariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi (daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish) 1-qismiga binoan jarima jazosi tayinlangan (mansabdor shaxslarga BHMning o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima).

«Shuningdek, davlat inspektorlari tomonidan mas’ullar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilib, ogohlantirilganini ma’lum qilamiz», — deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан