Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda YPX xodimiga pora bergan yana bir fuqaro qo‘lga olindi
1.02.2021 09:58,  
136

Joriy yilning 26 yanvar kuni Samarqand viloyati IIB YHXB xodimi G‘.Saidov belgilangan taqsimot asosida Kattaqo‘rg‘on tumani, “Seplon” MFY hududidan o‘tgan M-37 avtomobil yo‘lining 76-kilometrida xizmat olib borgan.

Xizmati davomida, soat 21:50larda, “Samarqand-Navoiy” yo‘nalishida harakatlanib kelgan, davlat raqam belgisi yashirib olingan “Kobalt” rusumli avtomobilni to‘xtatgan.

Avtomobil haydovchisi, 1999 yilda tug‘ilgan J.T.ga nisbatan davlat raqam belgisini yashirib harakatlanganligi bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirgan va transport vositasini vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirgan.

Joriy yilning 27 yanvar kuni soat 10:10larda, haydovchi J.T. viloyat IIB YHXB YPXB 2-safarbar guruhi komandiri J.Mo‘minovning xizmat xonasiga kelib, jarima maydonchasida saqlanayotgan avtomobilini olib chiqish evaziga 1.000.000 (bir million) so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgan. YPX xodimi J.Mo‘minov fuqaro J.T.ning ushbu taklifini Samarqand viloyati IIB boshlig‘i nomiga bildirgi orqali yozib qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

J.Mo‘minovning bildirgisi asosida joriy yilning 27 yanvar kuni huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tezkor tadbir davomida, soat 15:00larda, YPX xodimi J.Mo‘minovning xizmat xonasida fuqaro J.T. avtomobilini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga 1.000.000 (bir million) so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан