Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda YPX xodimlari haydovchiga nisbatan jang usullarini qo‘lladi
13.06.2021 12:38,  
612

3 iyun kuni Kattqo‘rg‘on tumanining "Qo‘shxovuz-Payshanba" yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan mototransport vositasiga viloyat IIB YHXB 4-otryadi inspektorlari to‘xtash ishorasini bergan vaqtida haydovchi YPX xodimlarining ishorasiga bo‘ysunmay, harakatini davom ettirgan.

Xodimlar haydovchini to‘xtatib, tegishli hujjatlarni so‘raganda, haydovchi hujjatlari yo‘qligini aytgan. Tegishli hujjatlari yo‘qligi sababli mototransport vositasi vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga olib ketilayotgan vaqtda, mahalladoshlari yo‘lni to‘sgan.

Haydovchi YPX inspektoriga faol qarshilik ko‘rsatib, xodimning tunda yorituvchi nimchasini yirtib tashlagan. YPX inspektorlari fuqaroga nisbatan "Ichki ishlar organlari to‘g‘risida"gi Qonunning 22-moddasiga asosan, kurashning jang usullarini qo‘llab, qo‘lga olishgan.

Fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 135,194, 195-moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, mototransport vositasi vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Hozirda holat yuzasidan to‘plangan hujjatlarni Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tuman sudiga yuborish choralari ko‘rilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан