Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqanddagi 35 ta maktabda o‘qituvchilar va o‘quvchilar orasida koronavirus yuqtirish holati aniqlandi
22.04.2021 09:00,  
288

Avvalroq, Samarqand shahridagi 31 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘qituvchi va o‘quvchilari orasida koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatlari aniqlanganligi sababli shu maktablarda 14 kunga o‘quv jarayoni masofaviy shaklga o‘tkazgilgan edi. 

Kecha, 21 aprel kuni ham 1, 19, 41 va 47-maktab o‘quvchilari orasida kasallik yuqtirish holati aniqlandi va bu maktablarda ham o‘qish onlayn tartibda olib boriladigan bo‘ldi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi Axborot xizmati xabar berdi. 

Shunday qilib, ayni paytda 35 ta maktabda ta’lim jarayoni masofaviy tarzda olib borilyapti. Ushbu maktablarning o‘qituvchi va o‘quvchilaridan olinadigan tibbiy test natijalariga qarab o‘qishlar an’anaviy shaklga o‘tkazilishi mumkin.  

Eslatib o‘tamiz, koronavirusdan kasallanish bo‘yicha so‘nggi kunlardagi ko‘rsatkichlarda Samarqand viloyatida bemorlar soni oshgani ma’lum qilingan edi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан