Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqanddagi “Afrosiyob” mehmonxonasi sotuvga qo‘yildi
5.09.2020 09:59,  
245

Samarqand shahridagi “Afrosiyob Palas” DUK mehmonxonasi “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasi orqali auksionga chiqarildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi xabar bermoqda.

Ushbu mehmonxona uchun 5 475 205 190 so‘m boshlang‘ich narx belgilangan va bir qator shartlar kiritilgan.

Jumladan, 12 million AQSh dollari sarmoya kiritish, 100 ta yangi ish o‘rni yaratish, 2021 yil yakuniga qadar 280 nomerli, shundan kamida 1 tasi “Prezident nomerli” mehmonxona tashkil etish, bunda xizmat ko‘rsatish darajasini kamida 4 yulduzli xalqaro standart mehmonxonalarga mos keladigan me’yorlarga yetkazish lozim.

O‘rnatilgan tartibda arxitektura qoidalariga muvofiq rekonstruksiya qilish masalalarini Madaniyat vazirligi va YuNESKO bilan kelishish sharti bilan mulkiy majmuaga tegishli hududni zarur infratuzilma va avtoturargohni hisobga olgan holda obodonlashtirish kerak.

Barcha kreditorlik qarzdorliklarini to‘lab berish sharti qo‘yilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан