Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqanddagi mashina-traktor parkida yong‘in sodir bo‘ldi
7.04.2022 09:52,  
48

Bugun, 7 aprel kuni soat 05:56 da Samarqand viloyati Oqdaryo tumani "Navro‘z" MFY O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan «Agro Servis» mashina traktor parkida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Samarqand viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga kelib tushgan xabardan so‘ng, voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan. Yong‘inga soat 06:00 da yetib borgan va soat 06:50 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida mashina traktor parkining tokarniy sexining 150 kv.m maydonda shift, tom va ichki qismidagi dastgoh(stanok)lari yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан