Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqanddagi qurilish maydonida ommaviy janjal yuz berdi (video)
7.11.2019 11:16,  
834

Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra joriy yilning 6 noyabr kuni Samarqand shahar, Qora-suv massivi, Obod Maskan mahallasi hududida “Agromir Bilding” korxonasi tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning qurilish maydonida qurilish-montaj ishlarini olib borayotgan o‘n nafar ishchilar o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik oqibatida janjal kelib chiqqan. Bu haqda IIV Axborot xizmati ma’lumot berdi.

Mazkur holat oqibatida to‘rt nafar fuqaro Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga turli tan jarohatlari bilan murojaat qilishgan.

Xozirgi kunda ushbu holat yuzasidan Samarqand shahar IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277 moddasi 2 qismi “b” bandi bilan (bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bezorilik) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovoldi harakatlar olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан