Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqanddagi to‘yda 74 kishining ovqatdan zaharlanishi oradan ikki oy o‘tib jamoatchilikka oshkor qilindi
11.09.2021 13:57,  
173

Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi «Algar» mahallasida yashovchi fuqaro M.A. xonadonida 2021 yilning 12 iyul kuni bo‘lib o‘tgan to‘yda qatnashchilarning 74 nafari ommaviy zaharlangan. Bemorlar tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga ovqat toksikoinfeksiyasi tashxisi bilan yotqizilgan. Bu haqda «Daryo»ga viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, shifoxonaga 2021 yilning 13 iyul kuni 37 nafar, 14 iyul kuni 31 nafar bemor yotqizilgan.

Holat bo‘yicha viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasiga belgilangan muddatda xabar berilmagan. Mas’ul tashkilot bu haqda 15 iyul kuni viloyat prokuraturasi orqali xabar topgan.

Shifoxonaga yotqizilgan barcha bemorlarda ko‘ngil aynishi, qayd qilish, qorin sohasida og‘riq, ich ketishi, sovuq ter bosishi va tana haroratining ko‘tarilishi kabi bir xil belgilar kuzatilgan. Kasallikning klinik belgilari tahliliga ko‘ra bemorlarning 13 nafarida to‘xtovsiz qayd qilish, ich ketish va tana haroratining 37-38 darajagacha ko‘tarilishi kuzatilgan. Shu sabab bemorlarning 13 nafariga ovqat toksikoinfeksiyasi og‘ir darajasi, 61 nafariga ovqat toksikoinfeksiyasi o‘rta og‘ir darajasi tashxisi qo‘yilgan.

To‘y egasi va to‘yxona taomlarini uyiga olib borib, iste’mol qilgan fuqarolar xonadoni o‘rganilganda to‘y kuni tayyorlangan taom va salatlar qolmagani aniqlanib, zaharlanishga gumondor mahsulotlarini laboratoriya tahlilidan o‘tkazish imkoni bo‘lmagan.

Qayd etilishicha, ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida bemorlar ahvoli yaxshilanib, 19 iyul kuni barchasiga javob berilgan.

Urgut tumani SEO va JS bo‘limi bakteriologik laboratoriyasining 2021 yil 22 iyuldagi tekshiruv bayonnomasida qayd etilishicha, 74 nafar bemordan olingan tahlillarga ko‘ra, bemorlarning 18 nafaridan stafilokokk aerius mikroblari topilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан