Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandlik soxta «payg‘ambar» bosh miya kontuziyasi kasalligi bilan davolangani ma’lum bo‘ldi
18.07.2020 18:53,  
915

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda o‘zini payg‘ambar deb chiqqan shaxsning videosi tarqaldi. Videodagi noma’lum shaxsning da’vo qilishicha, u koronavirus balosini daf qila oladi. Buning uchun u Xitoyga borishi, shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan ham ko‘rishishi kerakligini aytadi.

Mazkur video yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB xodimlari surishtiruv ishlarini olib bordi.

Samarqand viloyat IIB axborot xizmatining «Daryo»ga ma’lum qilishicha, ushbu fuqaro 1962 yilda Samarqand tumanida tug‘ilgan X.U. bo‘lib, u 1980—1982 yillarda Afg‘onistondagi fuqarolik urushida harbiy xizmatni o‘tagan. Xizmati davomida bosh qismidan jarohat olgan fuqaro bosh miya kontuziyasi kasalligi bilan davolangan.

Samarqand viloyat IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, hozirda X.U.ning psixologik holatini aniqlash maqsadida Samarqand viloyat Ruhiy kasalliklar dispanseri mutaxassisi ko‘rigidan o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda.

Mavzuga doir: Diniy qo‘mita o‘zini «Allohning elchisi» deb atab olgan soxta «payg‘ambar»dan ogohlantirdi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан