Samarqandlik yigit «Odnoklassniki» orqali tanishgan qizni sharmanda qilmaslik uchun 1700 dollar talab qildi

Samarqandlik yigit «Odnoklassniki» orqali tanishgan qizni sharmanda qilmaslik uchun 1700 dollar talab qildi

IIV huzuridagi Tergov departamentining xabar berishicha, Samarqand viloyatida 2019 yil 08 dekabr kuni 25 yoshli Oydinoy (ismi o‘zgartirilgan) Pastdarg‘om tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Arizada 2019 yil avgust oylarida “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ida 21 yoshli R.A. ismli shaxs bilan tanishib o‘zaro uchrashib yurganligini, R.A. uni sharmanda qiluvchi ma’lumotlarni tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, 1700 AQSh dollari miqdorida pul talab qilayotganligini bildirgan.

IIV Tergov departamenti axborot xizmati

Xabarda aytilishicha, 2019 yil 08 dekabr kuni soat 18:00da Pastdarg‘om tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida R.A. so‘ralgan pullarning bir qismi, ya’ni 600 AQSh dollarini olayotganida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Pastdarg‘om tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov jarayonida R.A. ga ayblov e’lon qilinib unga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.