Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sambo: 2021 yilgi Osiyo chempionati Indoneziyada emas Toshkentda o‘tkaziladi
9.03.2021 10:40,  
99

Osiyo sambo uyushmasining navbatdagi onlayn yig‘ilishi tashkil etildi. Unda tashkilot rahbariyati, ijroqo‘m a’zolari va milliy assotsiatsiyalar vakillari ishtirok etishdi, deya xabar berdi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Axborot xizmati.

Virtual yig‘ilish davomida Osiyo sambo uyushmasi prezidenti Alamjon Mullayev tomonidan yil davomida o‘tkaziladigan muhim musobaqalar rejasi tanishtirib o‘tildi. Bundan tashqari, sambo sporti 2025 yili Toshkentda o‘tkaziladigan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritilayotganligi ma’lum qilindi. Ushbu yangilikni Osiyo sambo oilasi mamnunlik bilan qarshi oldi.

Qolaversa, biz uchun yana bir ahamiyatli jihati, 2021 yilgi Osiyo chempionati iyun oyida Toshkentda o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Aslida mazkur musobaqaga belgilangan reja bo‘yicha Indoneziya mezbonlik qilishi lozim edi. Ammo shu yili tashkil etiladigan Sohil o‘yinlari sabab, ushbu musobaqani boshqa mamlakatga ko‘chirishga qaror qilindi. Unga ko‘ra, Osiyo chempionati mezbonligi uchun O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi tomonidan berilgan ariza qabul qilindi. Shu sababli, iyun oyida o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini Toshkentda o‘tkazish taklifi o‘rtaga tashlandi. Yig‘ilish ishtirokchilarning aksariyat qismi ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlashdi. Shu tariqa, bu yilgi Osiyo chempionati poytaxtimiz Toshkentda o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Bundan tashqari, ushbu musobaqa vaqtida Osiyo sambo uyushmasining yillik Kongressi va saylov-konferensiyasi ham tashkil etiladi.

Yig‘ilish davomida O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi raisi Alisher Alimov ham so‘zga chiqib, bildirilgan ishonch uchun minnatdorlik bildirdi va ushbu musobaqa yuqori saviyada tashkil etilishi haqida gapirdi

O‘z navbatida, O‘zbekistonda samboni yanada rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar Osiyo sambo uyushmasi prezidenti tomonidan alohida e’tirof etildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан