Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samolyot oynasidagi kichkina teshikni ko‘rganmisiz? U nima uchun kerak? (video)
14.01.2020 18:16,  
8509

Samolyotning kattaligi yoki tuzilishidan qat’i nazar, illyuminator yaqinida  o‘tirganlarning barchasi oynaning pastki qismida kichik bir teshik borligini payqashadi. Albatta, bu teshik nuqson emas, qo‘rqmang. Ammo baribir, nima uchun degan savol tug‘iladi?

Kichkina bo‘lishiga qaramay, bu teshik juda muhim rol o‘ynaydi. Bu teshiksiz samolyot oynasi sinishi yoki darz ketishi mumkin. Axir nima uchun?

Samolyotning illyuminatori ikkita oynadan iborat: tashqi va ichki. Teshik ichki oynada joylashgan. Ushbu teshik ikkala oyna orasidagi havo bosimini normallashtiradi, chunki yerdagi havo harorati samolyotlar uchadigan 10000 metr balandlikdagi haroratdan katta farq qiladi. Balandlikda harorat taxminan selsiy bo‘yicha -50 daraja bo‘ladi.

Shuning uchun, samolyot ko‘tarilayotganda harorat keskin o‘zgarib, oynalar orasidagi bosim ko‘tariladi. Ammo bu kichik teshik orqali ortiqcha havo oynalar orasidan chiqib ketishi natijasida shisha yorilib ketmaydi. Aytgancha, bu kichkina teshik tufayli oyna terlamaydi va balandlikdagi o‘ta past haroratda muz bilan qoplanmaydi ham.

Shunday qilib, shu kichkina teshik tufayli parvoz paytida sizga chiroyli manzarani tomosha qilishingiz mumkin bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан