Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Samosud»ni videoga olib internetda tarqatgan shaxs 22 million so‘mdan ortiq jarimaga tortiladi
15.01.2021 16:26,  
193

AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida IIV tergov departamenti bo‘lim boshlig‘i Azizbek Dolixo‘jayev quyidagilarni ma’lum qildi:

«Samosud»jarayonini videotasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirayotgan bo‘lsa, Jinoyat kodeksining 130-moddasi, ya’ni zo‘ravonlik va yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi ma’lumotlarni tayyorlash, uni tarqatish yoki  joylashtirganlik uchun avvalombor ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan.

Bunda jismoniy shaxslarga 100 baravargacha miqdorda, ya’ni 22 million so‘mdan ziyod jarima jazosi qo‘llanishi, uning harakatlari jinoyatni keltirib chiqaradigan bo‘lsa, 3 yilgacha axloqni tuzatish ishlari jazosi nazarda tutilgan.

«Samosud»ga aralashgan odam qanday jazoga tortiladi?

Birinchidan, shaxsning harakatlari «samosud» qilingan jabrlanuvchining shunga qaratilgan xatti-harakatdan kelib chiqadi. Ya’ni uni tutqunlikda ushlash, jabrlanuvchiga qay darajada jarohat yetkazganidan kelib chiqib jazo belgilanadi.

Yoki jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimaslik oqibatida sodir etgan qilmishi uchun tegishli moddalar bilan javobgarlik nazarda tutilgan».

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан