Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samsung eng arzon 5G-smartfonini taqdim qildi
3.09.2020 12:03,  
1588

Janubiy koreyalik texnogigant Galaxy A42 rusumli hamyonbop 5G-smartfoni tayyorlagani iyundayoq ma’lum bo‘lgan edi. Nihoyat, Samsung uning rasmiy namoyishini o‘tkazdi, lekin uyam to‘liq taqdimot bo‘lgani yo‘q – faqat ayrim xususiyatlari va rasmlarini e’lon qildi.

Shunday qilib, Samsung Galaxy A42 5G modeli uchun beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llovchi Snapdragon 690 protsessori tanlangan. Uning ekrani Super AMOLED matritsali bo‘lib, diagonaliga 6,6 dyuym keladi.

Displeyning tomchisimon kemtigiga joylangan selfi-kameraning ham, kvadrat blokdagi kvadrokamera modullarining ham rezolyusiyasi hozircha ma’lum qilinmagan. Oldin sizib chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra, bosh kamera jamlanmasida 48 megapiksellik asosiy datchik va 5 megapiksellik chuqurlik sensori bo‘ladi.

Galaxy A42 5G modelida yana 5000 mA/soatlik batareya bo‘lishini, uning tezkor xotirasi 4, doimiy xotirasi esa 64 yoki 128 gigabaytlik ekanligini ham aytishmoqda.

Samsung bu modelini yaqin orada sotuvga chiqarishga va’da bergan, uning narxi va barcha texnik xususiyatlari ham o‘shanda ma’lum bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан