Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samsung Redmi arzon smartfonlariga javoban Galaxy M01ni taqdim qildi (tavsif+video)
2.06.2020 19:24,  
1285

Samsung kuni kecha Galaxy M01 modelining xususiyatlarini Rossiyadagi rasmiy saytiga chiqargan edi. Endi esa kompaniya Hindistonda uning taqdimotini o‘tkazib, Rossiyadagi narxini ham ma’lum qildi.

Galaxy M01 uchun Hindistonda 8,999 rupiya miqdorida narx belgilangan, bu esa taxminan 120 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi. Internetda allaqachon uni qadog‘idan olib, ishlatib ko‘rsatilgan videolari ham paydo bo‘ldi.

Rossiyada bo‘lsa Galaxy M01 modelini 8990 rubldan sotishyapti, bu esa Hindistondagidan sal qimmatroq – taxminan 130 dollarga to‘g‘ri keladi. Mazkur mamlakatda uni faqat ko‘k rangli korpusda, 3/32 gigabaytlik tezkor/ichki xotirali variantda taklif etishadi.

Samsung ma’lumotlariga ko‘ra, Galaxy M01 diagonaliga 5,7 dyuymlik TFT-ekranga ega; uning tasvir aniqligi esa HD+ formatida (720x1560 pikselli). Smartfon sakkiz yadroli protsessor (Snapdragon 439 bo‘lsa kerak) bazasida ishlaydi, tezkor/ichki xotirasi esa 3/32 gigabaytlik.

Galaxy M01 bosh kamerasi 13 va 2 megapikselli, selfi-kamerasi esa 5 megapikselli datchiklardan iborat. Akkumulyatorining tok sig‘imi 4000 mA/soatlik bo‘lib, ekran o‘lchami va boshqa xususiyatlarini inobatga olsak, uning quvvati ancha vaqtga yetadi.

Samsung bu smartfoniga barmoq izi skaneri o‘rnatmagan, NFC haqida-ku, gapirmasa ham bo‘ladi. Korpusining o‘lchami 147,5x70,9x9,8 millimetrga, vazni esa 168 grammga teng.

Aytish kerakki, Samsung mazkur modeli bilan xitoyliklarning Redmi hamda Realme singari arzonchi brendlar smartfonlariga qarshi raqobatga kirishmoqda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан