“Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident Farmoni (PF–6000-son, 26.05.2020 y.) qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi tashkil etiladi.
Palata mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaradigan tashkilot hisoblanadi.
Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaradigan tashkilotlar huquq egalari tomonidan berilgan vakolat doirasida da’vo bilan sudga murojaat qilganda davlat bojini to‘lash muddati kechiktirilib, keyinchalik bu boj aybdor tarafdan undiriladi.
Madaniyat vazirligi tomonidan xarid qilingan, ommaviy ijroga mo‘ljallangan dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlarni 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab xususiy teatrlarda ham sahnalashtirish va ijro etishga ruxsat beriladi.