Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sanitar talablar tufayli masjidlar ochilishi kechikishi mumkin
4.06.2020 14:33,  
523

Respublika maxsus komissiyasining kechagi qaroriga ko‘ra, 5 iyundan «yashil» hududlarda joylashgan diniy tashkilotlar faoliyatiga ruxsat berilishi haqida xabar berilgandi. Ushbu masalaga qo‘shimcha rasmiy izoh berildi.

Ma’lum bo‘lishicha, diniy muassasalarda (masjidlar, cherkovlar) ularning faoliyati qayta yo‘lga qo‘yishda xavfsizlikni ta’minlash uchun 5-8 iyun kunlari bir qator tayyorgarlik choralari ko‘riladi. Ushbu chora-tadbirlar diniy muassasalarni sanitariya-epidemiologiya me’yorlari va qoidalari talablariga (SanPiN 2020 yil 11 may) qat’iy moslashtirishga qaratilgan.

Bu choralarga dezinfeksiya qilish, ijtimoiy masofani saqlashni (kamida 1,5 -2 metr) ta’minlash uchun zarur bo‘lgan maxsus belgilar, zarur jihozlar (pirometrlar, sanitariya va dezinfeksiyalash vositalari, sanitariya gilamlari va boshqalar) bilan ta’minlash, diniy muassasalar ishchilari bilan o‘quv seminarlari va boshqalar kiradi.

Mana shu choralar barchasi amalga oshirilgach, to‘liq xavfsizlik ta’minlangach, diniy muassasalar, masjidlar 2020 yil 8 iyundan boshlab faqat «yashil» hududlarda faoliyatini boshlaydi. Bunda sanitariya-epidemiologiya me’yorlariga qat’iy rioya qilgan holda (himoya niqoblarini majburiy kiyish sharti bilan), shuningdek, ijtimoiy masofa saqlagan(tashrif buyuruvchilar orasidagi masofa kamida 1, 5-2 metr) holda namoz o‘qish mumkin bo‘ladi.

Biroq, fuqarolarning kasallikni noma’lum manbalardan yuqtirishi va aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida hozircha ommaviy diniy tadbirlar (juma namozi, yakshanba ibodatlari va boshqalar) tashkil etish taqiqlanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан