Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga tibbiy majburlov chorasini qo‘llash huquqi berildi
28.07.2020 11:14,  
810

«O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident qarori (PQ–4790-son, 27.07.2020 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining (Sanitariya-epidemiologiya xizmati) asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari hamda huquqlari belgilandi.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati va uning tizimidagi tashkilotlar, jumladan, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzishga oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan tegishli tibbiy asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda karantinda saqlash yoki davolanish tarzidagi tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash huquqiga ega.

Qaror bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish uchun javobgar bo‘lgan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanib, Sog‘liqni saqlash vazirligi tarkibiga kiradi.

Sanitariya-epidemiologik xizmatining boshlig‘i bir vaqtning o‘zida sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari hamda Bosh davlat sanitariya vrachi hisoblanadi.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati va uning hududiy bo‘linmalari o‘z vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshlig‘i Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан