Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sankt-Peterburgda 23 yashar qizni 16-qavatdan uloqtirgan o‘zbekistonlik yigit uzoq yilga qamaldi
24.07.2019 16:19,  
11

Sankt-Peterburgning Neva tuman sudi 23 yoshli mahalliy qizni ko‘p qavatli uyning 16-qavatidan tashlab yuborgan o‘zbekistonlik Rasulbek Ibragimovga 9 yil qamoq jazosi berdi. Bu haqda «Fontanka.ru» xabar bermoqda.

Shuningdek, u marhumaning oilasiga 3 million rubl ham to‘lab berishi kerak bo‘ladi.

Voqea 2018 yil aprelida Latish o‘qchilari ko‘chasida ro‘y bergan. Qiz 16-qavatdan qulagandan so‘ng olgan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bo‘lgan. Ibragimov qochishga ulgurgan, biroq sentyabr oyi oxirida qo‘lga olingan.

Tergov davomida 29 yashar Ibragimov avvaliga ma’shuqasini rashk tufayli kaltaklagani, u hushini yo‘qotganidan keyin esa oynadan uloqtirgani aniqlangan. Yigitning o‘zi aybini tan olmagan va qizga qo‘lini ham tekkizmagani, u o‘zi joniga qasd qilgani da’vo qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан