Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sankt-Peterburgda 29 yoshli o‘zbekistonlik ayol o‘ldirib ketildi
10.03.2021 10:55,  
372

Sankt-Peterburgning Shushari qishlog‘ida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 29 yoshli ayol o‘ldirib ketildi, deb xabar bermoqda «Piter.TV». Ayol ushbu qishloqdagi xonadonlarning birida bir necha pichoqlanish jarohatlari bilan topilgan bo‘lib, bu haqda politsiyaga 8 mart kuni ma’lum qilingan.

«Nevskiye Novosti»ning yozishicha, ayol Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatida ro‘yxatda turmagan. Rossiyaga ishlash uchun 2019 yilda kelgan. «Federalnoye agenstvo novostey» uning hech qayerda ishlamaganini qayd etgan.

Qotillikda O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 22 yoshli yigit gumonlanib, qo‘lga olingan. U ham bu hududda ro‘yxatda turmagan.

Voqea joyidan ikkita pichoq, mobil telefon, bank plastik kartasi, biomateriallar va murdaning kiyimlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Qotillik sabablari hozircha noma’lum. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан