Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosini kaltaklagan rossiyaliklar qo‘lga olindi
22.07.2019 13:33,  
2

Tashqi ishlar vazirligi Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosi kaltaklanishi bo‘yicha OAVlarda tarqalgan ma’lumot yuzasidan bayonot berdi.

“Mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi 2019-yilning 18-iyul kuni mazkur shaharning Frunze tumanida O‘zbekiston fuqarosi M.K.ning noma’lum shaxslar tomonidan kaltaklanib, pul va qimmatbaho buyumlari olib qo‘yilgani to‘g‘risidagi OAVda tarqalgan ma’lumotni tasdiqladi.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra mazkur jinoyatni sodir qilishda gumon qilinayotgan 3 nafar Rossiya fuqarosi qo‘lga olingan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov ishlari olib borilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Bosh konsulxona huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan aloqa o‘rnatgan va vaziyatni nazoratga olgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан