Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sankt-Peterburgda ushlangan BMW X5 haydovchisi soxta FSB xodimi bo‘lib chiqdi (video)
4.03.2020 12:37,  
836

Sankt-Peterburgda noma’lum shaxs Rossiya FSB xodimining qalbaki guvohnomasi bilan ushlandi. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Rossiya Ichki ishlar vazirligining Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo‘yicha Bosh boshqarmasi matbuot xizmati hibsga olingan jarayonidan videotasvirni 2 mart kuni taqdim etdi.

28 fevral kuni soat 12:30 atrofida Bogatirskiy Prospektidagi 47/1 uy oldida yo‘l politsiyasi BMW X5 mashinani to‘xtatdi. Mashina haydovchisining egnida Rossiya FSB xodimining pogonlari bor ko‘ylak bo‘lgan.

Shuningdek, ushbu shaxsdan travmatik to‘pponcha va FSB xodimining qalbakilashtirilgan shaxsiy guvohnomasi topilgan. Ushlangan shaxs qo‘shni davlatlardan birining fuqarosi bo‘lib, o‘z vatanidagi huquq-tartibot idoralari tomonidan firibgarlik bo‘yicha qidiruvda bo‘lganligi aniqlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан