Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Sardoba ishi" bo‘yicha yopiq sud jarayoni boshlandi.
25.12.2020 17:05,  
251

Aytilishicha, 21 dekabr kuni Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan sudlanuvchilar M. Xolmatov (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Gidrotexnik inshootlar qurish direksiyasi” boshlig‘i lavozimida ishlagan) va boshqalar (jami 17 kishi) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha yopiq sud jarayoni boshlandi.

Sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 203-moddasi (suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish), 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish), 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 258-moddasi (tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqdalar. Sud jarayoni davom etmoqda.

“Ushbu jinoyat ishi bevosita davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi 1-qismi talablariga muvofiq yopiq tarzda ko‘rilayapti. Ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha alohida bayonot beriladi”, deyiladi Oliy sud xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан