Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sardoba to‘g‘oniga beton ishlatilmaganmi?
16.05.2020 12:51,  
1090

Xalqaro press-klubning Sardoba voqealariga bag‘ishlangan sessiyasida Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Vohidjon Ahmadjonov ham ishtirok etdi.

Uning aytishicha, to‘g‘onning o‘zi uning loyihaviy konstruksiyasidan kelib chiqqan holda tuproqli-toshli bo‘lgan.

"To‘g‘onni qurishda tuproq va tosh ishlatilgan. To‘g‘onning suv chiqaradigan joyi beton hamda armaturadan bo‘lgan, aynan suv chiqaradigan joyi.

Bunday suv omborlari juda ko‘p. Bunda tuproqning turiga qaraladi. O‘zbekistonda beton to‘g‘onlar ham bor, masalan, Andijon suv ombori beton to‘g‘oni hisoblanadi. Bu joyning relefi hamda sharoitiga qarab qilinadi. Sirdaryo, Jizzaxga o‘xshagan hududlarda nafaqat bizda, balki butun dunyoda ham xuddi shu kabi tuproqli to‘g‘onlar qurib foydalaniladi", — deydi Vohidjon Ahmadjonov. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан