Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Sardoba» toshqinidan zarar ko‘rgan masjid va qabristonlar to‘liq tiklandi
25.06.2020 15:33,  
156

AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot kotibi Murod Sodiqov quyidagilarni ma’lum qildi:

Ta’mirlash ishlariga 14 000 dan ziyod ishchi va 800 ta texnika jalb qilingan;

Oqoltin, Sardoba va Mirzaobod tumanlarida 252 ta qayta ta’mirlanayotgan aholi yashash xonadonida yong‘in xavfsizligi qoidalari o‘rganish ishlari olib borildi. Natijada aniqlangan 380 ta kamchilikdan 282 tasi joyida bartaraf etildi;

1205 qisqa raqami orqali 8 171 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 8 148 tasi ijobiy hal etildi, qolgan 23 ta murojaat tegishliligiga ko‘ra tashkilotlarga yuborilib, ijrosi nazoratga olingan;

Talofat ko‘rgan hududlarda hamda viloyat bo‘yicha 218 ta turarjoyda 49 550 kv. m. maydonda dezinfeksiya tadbiri o‘tkazildi;

zarar ko‘rgan masjid hamda qabristonlarda ta’mirlash va tiklash ishlari to‘liq yakunlandi;

xalqaro va davlat ahamiyatidagi yo‘llarning 35 kilometri hamda 32 ta ko‘prik qayta tiklandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан