Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sardoba toshqinidan zarar ko‘rgan qozog‘istonlik 386 ta oila ham yangi uylarga ko‘chib o‘tdi (foto)
20.10.2020 14:53,  
2261

Maqtaaral tumanida Sardoba suv ombori avariyasidan jabrlangan oilalar yangi uylarga ko‘chib o‘tmoqda. Ular uchun Mirzakentda yangi mikrorayon barpo etildi, deb xabar beradi Kazinform Turkiston viloyati hokimi matbuot xizmatiga asoslanib.

386 ta oila yangi uylarga tantanali ravishda ko‘chib o‘tishdi. QR Bosh vaziri o‘rinbosari R.Sklyar, O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri Sh.Xamrayev, Turkiston viloyati hokimi O‘.Sho‘keyev aholini tabrikladi va uy kalitlarini topshirdi.

70 gektar maydonda joylashgan yangi shaharchadagi 386 ta uyga Jenis, Janaturmis va Dostiq aholi punktlari aholisi ko‘chib o‘tishadi. Mikrorayonda ichimlik suvi, elektr energiyasi, isitish va kanalizatsiya tizimlari o‘rnatilgan va yuqori tezlikdagi Internetga ulangan. Bundan tashqari, yangi mikrorayonda 1200 o‘rinli maktab, bolalar bog‘chasi va tibbiy poliklinika qurilmoqda.

Suv toshqinidan zarar ko‘rgan aholini qo‘llab-quvvatlashda «Nur Otan» partiyasi va boshqa qozog‘istonlik tadbirkorlarning hissasi katta. Qozog‘istonning barcha hududlaridan 700 tonnadan ortiq oziq-ovqat va gumanitar yordam keldi. Uyini suv bosgan har bir oilaga respublika byudjetidan 100 ming tenge ajratilgan. Bolat Utemuratov fondi jabrlanganlarga uy qurish uchun 6 million dollar ajratdi. Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov fondidan 5,2 million dollar o‘tkazildi. Ushbu mablag‘lar 5202 oilaga (30 420 kishi) 1000 AQSh dollaridan tarqatib berildi.

Mirzakentda Sardoba to‘g‘oni buzilishidan zarar ko‘rgan uchta qishloq aholisi uchun yangi shaharcha qurildi. 386 uydan 196 uy hukumat zaxirasi hisobiga, 150 uy Bolat Utemuratov fondi mablag‘lari hisobiga qurilgan. 40 uy «Nur Otan» partiyasining «Bіz bіrgemіz» va «Saliqali Urpaq» jamg‘armasi ko‘magida qurilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан