Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sardoba toshqinidan zararlangan hududdagi 80 gektar tomorqaga ekin ekildi
15.05.2020 09:56,  
204

Hozirgi kunga qadar Sardoba suv toshqinidan zararlangan 80 ga tomorqa maydonlarga ekin ekildi. Bu haqda FVV xabar bermoqda. 

"Yetilgan ekish imkoniyati mavjud bo‘lgan maydonlarga Surxondaryo viloyatidan olib kelingan 1 mln. dona sabzavot ko‘chatlarini ekish ishlari boshlandi", - deyiladi xabarda.

Toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun 281 ta maxsus texnika jalb etilib, 83 ta ko‘chma dizel nasos agregati olib kelindi.

Shuningdek, kirish imkoniyati yuzaga kelgan, sug‘orishda foydalaniladigan 3 ta nasos stansiyasi va 1 ta tik quduqda suv chiqarish, tozalash va kamchiliklarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

Oqoltin, Mirzaobod va Sardoba tumanlaridagi irrigatsiya va melioratsiya ob’yektlarini ta’mirlash-tiklash uchun 19,1 mlrd. so‘m zarur bo‘lib, shu kunga qadar 1,3 mlrd. so‘m pul mablag‘lari moliyalashtirildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан