Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sardoba yo‘li yana yopildi
13.10.2020 11:09,  
126

"2020 yil 13 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda A-373 avtomobil yo‘lining Sardobadan o‘tgan qismi yopilganligi, Toshkentdan Samarqandga boruvchilar "Sardoba" suv ombori toshqinidan keyin yurishga majbur bo‘lgan Guliston orqali o‘tgan Dashtaobod-Zarbdor-Jizzax yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotganligi to‘g‘risida transport vositalari tirbandliklar kelib chiqayotganligi to‘g‘risida bildirilgan.

Haqiqatdan ham "Sardoba" suvombori halokatidan so‘ng Mirzaobod-Oqoltin tumanlari hududina o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lining 10-25 km.larida yo‘llar o‘pirilishi, ko‘priklar yaroqsiz holatga kelib qolgan edi. Shu vaqtga qadar yo‘llar va ko‘priklar to‘liq ta’mirlanib foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB YHXB Axborot xizmati ma’lum qildi.

Hozirgi vaqtda ushbu ko‘priklar oxirgi ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi va foylanashiga topshirilish arafasida bo‘lganligi sababli transport vositalarining harakatlanishi vaqtincha yuqoridagi kabi "Dashtobod-Zarbdor-Jizzax" yo‘nalishi bo‘yicha yo‘naltirilmoqda.

Ushbu A-373 avtomobil yo‘li 13 oktyabr kuni soat 20:00da ochilishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан