Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sardobada harbiy vertolyotlarda 300 kishi qutqarildi (foto)
2.05.2020 23:01,  
625

Sirdaryo viloyatida suv toshqini tufayli xavfli hududda qolib ketgan aholini qutqarish ishlarida harbiy vertolyotlardan ham foydalanilmoqda. Telegramdagi «Toshkent osmoni yangiliklari» kanali suv bosgan hududdagi aholi vakillari harbiy vertolyot orqali olib ketilayotgani tasvirlarini e’lon qildi.

O‘zbekiston harbiy-havo kuchlarining harbiy ekipajlari Sardoba suv ombori to‘g‘oni yorilib ketgan hududga birinchilardan bo‘lib yetib borgan.

«H215M Super Puma va H125M Fennec vertolyotlari uchuvchilarining professionalligi tufayli FVV xodimlari uylar tomi va yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarda qolib ketgan 300 dan ortiq odamni evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘ldi. Harbiy ekipaj daraxtlar va elektr simlari borligiga qaramasdan tungi vaqtda ham past balandliklarda parvozlarni amalga oshirishdi», deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан