Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sardobada toshqinidan zarar ko‘rgan uylarni ta’mirlashga qancha mablag‘ sarflandi?
13.08.2020 17:15,  
299

AOKA huzuridagi shtabda Qurilish vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Jalol Arashov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda Sardoba suv omborida yuzaga kelgan toshqin oqibatlari va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinishicha:

  • - jami 74 591 aholi o‘z yashash manzillariga qaytarildi. 14 859 aholi esa ko‘chirilgan hududlarda yashamoqda;
  • - 1826 ta uyda ta’mirlash ishlari 97 foizga bajarildi;
  • - yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyalariga jami 128 milliard so‘m ajratildi;
  • - ko‘p kvartirali uy-joylarni ta’mirlash va ularning tutash hududini tiklash hamda obodonlashtirish uchun jami 35,6 milliard so‘m mablag‘ sarflanadi. Xususan, uylarni ta’mirlash uchun 29,7 milliard so‘m va obodonlashtirish ishlariga 5,9 milliard so‘m sarflanadi;

2020 yilning 20 avgustiga qadar ko‘p qavatli uy-joylarni ta’mirlash va 25 avgustga qadar tutash hududlarini obodonlashtirish ishlarini to‘liq yakunlash rejalashtirildi.

Ijtimoiy soha ob’yektlari qurilish-ta’mirlash ishlari jami 45 foizga, shundan:

- umumta’lim maktablari bo‘yicha 44%;

- maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘yicha 15%;

- sog‘liq saqlash muassasalari bo‘yicha 53%;

- kollej bo‘yicha 31 foizga bajarildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан