Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sardobadagi avariya oqibatida yuz bergan toshqin Qozog‘istongacha yetib bordi (video)
2.05.2020 14:00,  
1751

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Turkiston viloyatining Maqtaaral tumanidagi favqulodda vaziyatga o‘z munosabatini bildirdi, deya xabar beradi Kazinform.

«O‘zbekistondagi suv ombori to‘g‘onining buzilishi tufayli, Turkiston viloyatida Jenis va Jana Turmis qishloqlari suv ostida qoldi. Bugun Bosh vazir Asqar Mamin va viloyat hokimi O‘mirzaq Sho‘keyev qishloq aholisini evakuatsiya qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida hisobot berishdi. Men jabrlangan oilalarga yordam ko‘rsatishni buyurdim», - deb yozdi Prezident Twitter sahifasida. 

Eslatib o‘tamiz, 1 may kuni O‘zbekistonning Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida bo‘lgan avariya oqibatida mamlakatda aholi punktlari suv ostida qolgan. Natijada Qozog‘istonning Turkiston viloyati Maqtaaral tumanida chegara yaqinidagi bir necha kollektor suvga to‘lgan. 

Maqtaaraldagi markaziy kollektordan suv toshib, Jenis va Jana Turmis qishloqlarini suv bosdi. «Mirzakent - Jenis - Jana Turmis» mintaqaviy avtomagistrali suv ostida qoldi va transport vositalari o‘tishi qiyinlashdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан