Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sardobadagi avariyada necha kishi jabrlangani aytildi
2.05.2020 03:31,  
2120

Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar qilishicha, Sardoba suv omboridagi avariya natijasida 56 kishi turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Jami 17300 kishi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 22 ta aholi punktlaridan 70 mingga yaqin fuqaro Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hududlariga evakuatsiya qilingan.

«Ayni paytda omborning suv toshqini ro‘y bergan qismini mustahkamlash ishlari olib borilmoqda.

Suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish choralari O‘zbekiston prezidentining shaxsan nazoratiga olingan. Davlat rahbari topshirig‘i bilan ushbu favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi», – dedi FVV matbuot xizmati rahbari Murod Sodiqov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан