Sardobadagi infratuzilmani tiklash uchun 100 million dollar ajratiladi

Sardobadagi infratuzilmani tiklash uchun 100 million dollar ajratiladi

“Sardoba suv ombori“ to‘g‘onida yuzaga kelgan favqulodda hodisa oqibatida jabrlangan fuqarolarni manzilli qo‘llab-quvvatlash va infratuzilmani tiklash chora-tadbirlarini moliyalashtirish to‘g‘risida” Prezident qarori (PQ-4722-son, 21.05.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Sardobadagi favqulodda hodisadan zarar ko‘rgan fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash va infratuzilmani tiklash uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan qaytarib bermaslik asosida Davlat byudjetiga 100 million dollar ekvivalentidagi mablag‘lar ajratiladi.

Ushbu mablag‘lar, tegishlicha vazirlik va idoralarga talafot ko‘rgan hududlarda yo‘l-transport infratuzilmasini, toza ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimlarini, ijtimoiy soha ob’yektlari v.b. larni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari uchun yo‘naltiriladi.

Shuningdek, mablag‘lar Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida uy-joyi buzilgan va yashab bo‘lmaydigan ahvolga kelgan oilalarga 2020-2021 yillar davomida ko‘p qavatli uylarni qurish hamda qurib bitkazilgan va sotilmagan xonadonlarni egalikka berish uchun yo‘naltiriladi.