Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sardobadagi toshqinda zarar ko‘rgan ayrim ob’yektlarni tiklashga deyarli 4,5 mlrd so‘m ajratildi
27.12.2021 20:49,  
18

Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida yuzaga kelgan favqulodda hodisa oqibatida zarar ko‘rgan irrigatsiya va melioratsiya ob’yektlarini qurish, ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq xarajatlar uchun davlat byudjetidan 4,4 mlrd so‘m ajratiladi. Bu bo‘yicha viloyat hokimi tegishli farmoyish berdi.

Farmoyishda qayd etilishicha, Sardoba suv omborida yuzaga kelgan favqulodda hodisa natijasida Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida zarar ko‘rgan irrigatsiya va melioratsiya ob’yektlarini qurish, ta’mirlash ishlari (bajarilgan ishlarga asosan) bilan bog‘liq xarajatlarga respublika byudjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan 3,0 mlrd so‘m ajratiladi.

Shuningdek,  Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiyasiga 1,4 mlrd so‘m ajratiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан