Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sardobaga jalb etilgan harbiylar o‘z xizmat joylariga qaytdi (foto)
2.06.2020 14:19,  
389

Sirdaryo viloyatiga safarbar etilgan harbiy xizmatchilar doimiy xizmatni o‘tash joylariga qaytdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti Sof.uz'ga xabar berdi.

Shu yilning 1 may kuni ertalab Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi oqibatida texnogen tusdagi favqulodda vaziyat yuz berib, viloyatning Sardoba, Oq oltin va Mirzaobod tumanlarida aholi yashash manzillari va hududlar suv va ko‘chki ostida qoldi. Binolar, yo‘llar, kommunikatsiya tarmoqlari vayron bo‘ldi, aholi vaqtincha boshqa hududlarga evakuatsiya qilindi.

Harbiylar Sardobadagi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishga yordamlashmoqda (foto)

Toshqin oqibatlarini bartaraf etishga ko‘maklashish maqsadida Mudofaa vazirligining barcha harbiy okruglaridan harbiy xizmatchilar Sirdaryo viloyatiga safarbar etildi. Armiya va xalq birligi, mardlarimiz Vatan va xalq osoyishtaligi yo‘lida har doim kamarbasta xizmatda ekanligi yaqqol namoyon bo‘ldi.

O‘tgan muddat davomida harbiy xizmatchilar qo‘yilgan ustuvor vazifani ado etib, aholi yashash manzillari, hududlar, infratuzilma va ijtimoiy ob’yektlar, yo‘llar va telekommunikatsiya tarmoqlarida tozalash, tiklash va bunyodkorlik ishlarida fidoyilik ko‘rsatishdi.

1 iyun kuni harbiy xizmatchilar buyruqqa asosan o‘zlarining doimiy xizmatni o‘tash joylariga qaytdi. Mudofaa vazirligi harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi va Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan kolonnalarning yo‘llarda xavfsiz harakatlanishi ta’minlandi. Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari esa Guliston-Marg‘ilon yo‘nalishida temir yo‘l platformalari orqali manzilga yetib bordi. Doimiy xizmatni o‘tash joylariga yetib borgan harbiy xizmatchilar Vatanimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligi yo‘lidagi sharafli va mas’uliyatli xizmat burchlarini ado etishda davom etmoqda.

Bajarilgan ishlar bo‘yicha faktlar: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i polkovnik Bahrom Zulfiqorov «Sardoba» suv ombori bilan yuz bergan falokat tafsilotlari haqida ma’lum qiladi.

Jumladan, bevosita harbiylar tomonidan:

  • 750 ta xonadonni tozalash, chiqindilarni olib tashlash va yangi qurilish mollarini tashish ishlari amalga oshirildi;
  • 6 ta aholi punktida 1405 nafar harbiy qurilish hududida qurilish chiqindilarini olib chiqishda ishtirok etdi;
  • Maxsus aloqa bo‘limi tomonidan 1,5 km, 20 ta ustun aloqa kabeli demontaj qilindi. Talafot ko‘rgan 40 ta aloqa mobil bazasi tiklandi;
  • 4 ta hududdagi 156 nafar mavsum boshidan buyon 4603 nafar fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatildi.
  • Harbiy tibbiy xodimlar tomonidan 200 ga yaqin aholidan tahlillar olindi;
  • Harbiy topograflar tomonidan talofat ko‘rgan hududlarning 1000 tadan ortiq aero va kosmik suratlari tayyorlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан