Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sardor Umrzoqov: O‘zbekiston 2020 yildan boshlab paxta xom ashyosini eksport qilmaydi 
9.10.2019 17:04,  
367

O‘zbekiston 2020 yildan boshlab paxta xom ashyosini eksport qilmaydi. Bu haqda Yaponiyaning Nikkei Asian Reviewga intervyu bergan investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov ma’lum qildi.

«Kelasi yil boshidan biz paxtani xom ashyo sifatida eksport qilishni to‘xtamiz. Chunki biz uni qayta ishlash va qo‘shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ldik. Qo‘shni mamlakatlarda, shuningdek, Xitoy, AQSh kabi bizdan uzoqda joylashgan mamlakatlarda mahsulotlarimizni sotsa bo‘ladigan katta - katta bozorlar bor », deydi vazir.

Janob Umrzoqovning fikricha, o‘zbek yengil sanoat mahsulotlari eksporti bu yilgi 2 mlrd $dan 2025 yili 8 mlrd $ga yetadi.

Yaponiya O‘zbekistonning 28 yillik mustaqilligi davomida iqtisodiyotni rivojlantirishdagi yaqin hamkorlaridan biridir. Biroq, so‘nggi yillarda vaziyat o‘zgardi: yaponlar «Bir makon bir yo‘l» loyihasi orqali Xitoy investorlari tomonidan mintaqadan siqib chiqarila boshlandi. Fransiyaning IFRI tadqiqotlar instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda Xitoy 786 ta o‘zbek kompaniyasiga sarmoya kiritgan, Yaponiya esa bor-yo‘gi 17 taga.

O‘zbekiston ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, energetika hamda infratuzilma sohalarida xorijlik investorlarni izlamoqda. Energiya sektoriga xorijiy sarmoyani jalb qilish uchun hukumat avgust oyida energiya iste’moli narxlarini oshirdi. «Daromadlar oshishi fonida, biz iste’mol narxlarining qadamma qadam oshirib boramiz», deyiladi intervyuda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан