Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sardor Umurzakov Afg‘onistondagi O‘zbek tili bayramida ishtirok etdi
21.10.2020 11:06,  
452

20 oktyabr, seshanba kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘onistonga rasmiy tashrif bilan bordi.

Tashrif chog‘i delegatsiya Kobuldagi Prezident saroyida tashkil etilgan Afg‘onistondagi O‘zbek tili milliy bayrami tantanalarida qatnashdi. Afg‘oniston tomonidan tadbirda Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani hamda mamlakatning oliy rahbariyati ishtirok etdi.

Bayram tadbirida nutq so‘zlagan Ashraf G‘ani: “Yana 100 yildan so‘ng, bugun Afg‘oniston va O‘zbekiston uzliksiz munosabatlarni tikladi. Markaziy Osiyo besh davlatining tarixiy, iqtisodiy va madaniy hamkori bo‘lgan Afg‘oniston yana bir safda turibdi. Kun sayin munosabatlarimiz kuchaymoqda. Natijada ham biz, ham Markaziy Osiyo davlatlari barqarorlik sari yo‘l olmoqda”, - dedi (iqtibos Amerika Ovozidan).

Sardor Umurzakov Afg‘oniston prezidenti bilan yakkama-yakka ham suhbatlashdi. Suhbat davomida janob vazir Toshkent Afg‘onistondagi tinchlik jarayonlarini va afg‘on hukumati rejalarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Foto: Afg‘oniston prezidenti matbuot xizmati

Tomonlar ikki tomonlama, iqtisodiy va savdo aloqalarni hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘llarini muhokama qildilar, deyiladi Afg‘oniston prezidenti matbuot xizmati xabarida.

Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligida, Umurzakov, shuningdek afg‘on TIV Muhammad Hanif Atmar bilan ham uchrashdi.

O‘zbek delegatsiyasi Qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya va chorvachilik vazirligi va Mehnat, ijtimoiy ishlar, shahidlar va nogironlar vazirligi bilan hamkorlik shartnomalarini imzoladi, dedi Afg‘oniston tashqi ishlar vazirligi so‘zchisi Grand Hevad.

Afg‘onistonda 21 oktyabr – rasmiy jihatdan bayram kuni - O‘zbek tili kuni deb e’lon qilingan. Afg‘oniston Konstitutsiyasiga mamlakatning rasmiy tillaridan biri sifatida kiritilgan o‘zbek tili Afg‘onistonning 10 viloyatida keng tarqalgan va yildan-yilga ommalashib bormoqda. Afg‘onistonda o‘zbek tilida bir nechta tele- va o‘nlab radiokanallar ham efirga uzatiladi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан