Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sarimsoq yeyishdan keyin yoqimsiz hidlardan qanday saqlanish mumkin?
25.03.2020 16:55,  
1284

Turkiyalik diyetologiya mutaxassisi Shebnem Kandirali Yildirim sarimsoq yeyishdan keyin yoqimsiz hidlardan saqlanish usulini aytdi. Uning so‘zlarini RIA Novosti nashri mahalliy OAVga asoslanib keltirmoqda.

Yildirimning ta’kidlashicha, ko‘p odamlar sarimsoqdan so‘ng yomon hid kelishi sababli uni yemaydilar. Noxush oqibatlarga olib kelmaslik uchun mutaxassis uni qaynatilgan sut bilan birga iste’mol qilishni maslahat berdi.

Diyetologiya mutaxassisi ratsionga sarimsoq qo‘shishni maslahat berdi, chunki u ko‘krak saratoni paydo bo‘lishining oldini oladi va qon tarkibidagi shakarning darajasini kamaytiradi.

Shuningdek, Yildirimning so‘zlariga ko‘ra, bu o‘simlik oziq-ovqatdan zaharlanish ta’sirini zararsizlantiradi va qon bosimini normallashtiradi. Bundan tashqari, mutaxassisning ta’kidlashicha, sarimsoq va piyozni muntazam iste’mol qiladigan ayollar suyak bo‘g‘imlari artritidan aziyat chekishmaydi.

2014 yilda Amerika kimyoviy jamiyatining olimlari sarimsoqni yeyishdan keyin yomon nafas olish sabablarini o‘rganish natijalarini e’lon qilishdi. Mutaxassislar sarimsoq hidining turg‘unligini mahsulot tarkibidagi kimyoviy birikmalar bilan izohlashdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан